Fransiya hukumati 18 iyunda bölib ötgan parlament saylovlari natijalariga köra yangi tarkibda şakllantirildi. Vazirlar röyxatini 21 iyunda Yelisey saroyi boş kotibi  Aleksi Koler ma'lum qildi. 

Ikkita muhim vazirlikda özgarişlar röy berdi. Adliya vaziri Fransua Bayru örniga Nikol Bellube keldi. Bundan taşqari, hukumatni Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning yaqin safdoşlaridan biri, hududiy rejalaştiriş vaziri Rişar Ferran tark etdi. Uning örnini bungaça qişloq xöjaligi vaziri bölgan Jak Mzar egalladi. Öz navbatida Mzar örnini Stefan Traver egalladi.

Şuningdek, mudofaa vaziri ham özgardi. Bu lavozimda bor-yöği bir oygina işlagan Silvi Gular örniga Fransiyaning SNCF milliy temir yöl kompaniyasida yuqori lavozimni egallagan Florans Parli keldi.

Parliga mudofaa vazirligida Jyenevev Darryosek kömaklaşadi. U mudofaa vazirligi huzuridagi davlat kotibi lavozimiga tayinlandi.  

Yevropa va taşqi işlar vaziri Jan-Iv Le Drian yangi hukumatda öz lavozimini egallab qoldi.

Fransiya boş vaziri Eduar Filippning vazirlar mahkamasida 4 ta vazirlikdagi özgarişlardan boşqa muhim özgarişlar qilinmadi. Içki işlar vazirligi yana bir vazirning tayinlanişi bilan mustahkamlandi. Bu lavozim Jaklin Guloga işonib topşirildi. U bilan birga vazirlar soni 19 nafarga yetdi.

Yangi vazirlar mahkamasi hammasi bölib 29 kişidan iborat böladi: 19 vazir, 10 nafar davlat kotibi. Makron raisligidagi birinçi vazirlar kengaşi Yelisey saroyida 22 iyunda bölib ötadi.