Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumani Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tegişli tartibda ötkazilgan tekşirişda yakka tartibdagi tadbirkor A.Ahmatboyevning faoliyati örganilganda, uning ayrim qinğir işlari oçilib qoldi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Aniqlanişiça, A.Ahmatboyev (ism-familiyasi özgartirilgan) savdodan tuşgan pullarni nazorat-kassa maşinasi orqali kirim qilmay, 47 mln. 850 ming sömni bankka topşirmasdan import qilingan 1 mrld. 632 mln. 285 ming sömlik tovarlarni sotişdan tuşgan mablağdan 920 mln. 800 ming sömini Toşkent şahridagi banklarga omonat mablaği sifatida topşiradi. Şu tarzda jami 968 mln. 650 ming söm miqdorida savdo va xizmat körsatiş qoidalarini buzadi. 

Yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, sud kassaga emas, kissaga işlaşni odat qilgan “tadbirkor”ga nisbatan tegişli jazo tayinladi.