AQŞ prezidenti Donald Tramp Meksika bilan çegarada quriladigan devor haqida navbatdagi munosabatlarini bildirdi. Uning fikriça, heç kim devor qurilişiga qarşilik qila olmaydi.
«Meksika Suriya bilan birga dunyoga eng köp ölim tarqatadigan davlat hisoblanadi. Asosiy sabab u yerdagi narkotiklar. Biz bu devorni quramiz»,- deb yozadi Tramp özining tvitterdagi sahifasida.
AQŞ xalqi bu devor fuqarolar tölaydigan soliqlardan qurilişini qattiq qoralab çiqqan edi. Ularning fikriça, soliqlar aholining öz ehtiyojlari uçun işlatilişi kerak. Tramp esa devor Meksika hukumati hisobidan qurilişini aytgan edi. Biroq bu va'dasini bajargani yöq. AQŞ qöşnisi Meksikadan muhojirlar oqimi va narkotik kirib kelişidan zarar körayotganini ta'kidlaydi. Meksikadan AQŞga juda katta miqdordagi narkotiklar turli xil yöllar, xususan, yer ostidan ham olib ötiladi.












