Inson hayoti davomida köplab kutilmagan vaziyatlarga duç keladi. Ana şunday vaziyatda kişining tanlovi köp narsani hal qilişi mumkin: töğri yölni tanlasa yutuği, egrisini ma'qul körsa, ortiqça taşvişga röbaro‘ kelişi tayin.

Kun.uz’ga Qaşqadaryo viloyati bojxona boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, dehqonobodlik Jasur Begmatov ham (ism-familiyalar özgartirilgan) kutilmagan holatga duç keldi. U özi istiqomat qiladigan xonadonda joylaşgan xöjalik xonasini buzayotgan vaqtda binoning tepa qismida tösin sifatida foydalanilgan truba içidan 16 kalibrli L7691 seriya raqamli qurol qismlarini topib oldi.

Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasiga muvofiq tegişli ruxsatnomasiz öqotar qurol, şuningdek, öq-dorilar, portlovçi moddalar yoki portlatiş qurilmalari tayyorlaş, oliş, olib yuriş, saqlaş, olib ötiş yoki jönatiş jinoiy javobgarlikka sabab böladi. Yuqorida nazarda tutilgan buyumlarni öz ixtiyori bilan topşirgan şaxs esa javobgarlikdan ozod qilinadi. 

Buni anglagan J.Begmatov topilmani zudlik bilan huquq-tartibot idoralariga topşirdi.

Yana bir holatda Alişer Akbarov ham molxonasida joylaşgan oxur tagidan bir dona 20 kalibrli N67506 seriya raqamli qurol topib oldi. U ham darhol huquqni muhofaza qiluvçi idoralarga murojaat qildi va qurolni topşirdi.

2016 yilning birinçi çoragida 8 ta holatda 6 ta qurol hamda 114 ta turli xildagi öq-dorilar fuqarolarning öz ixtiyorlari bilan topşirilişiga erişilgan bölsa, bu körsatkiç joriy yilning birinçi çoragida bir neça barobarga oşdi va 20 ta holatda 13 ta qurol hamda 156 ta turli xildagi öq-dorilarni taşkil etdi.