Rossiya poytaxti Moskva şahrida maşhur xalqaro kinofestival 39-marotaba oçildi – marosim TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning qöşiği bilan boşlangan. Festival prezidenti Nikita Mixalkov italiyalik aktyor Franko Neroga mukofot topşirdi.

Moskva xalqaro kinofestivali ilk bor 1935 yilda bölib ötgan, öşanda hay'at raisi maşhur rejissyor Sergey Eyzenşteyn edi. 1959 yildan boşlab festival doimiy tarzda ötkazila boşlandi. 

2017 yilda festivalning oçilişi Ikkinçi jahon uruşining boşlanişi sanasi bilan bir vaqtga töğri keldi. Şu sababdan “Rossiya” kinoteatri sahnasida Mariya Zaxarovaning “Xotirani qaytaring” qöşiğini Nargiz Zokirova ijro etdi. 

Şundan söng hakamlar hay'ati a'zolari taniştirildi, ular orasida - aktrisa Ornella Muti, finlyandiyalik rejissyor Yorn Donner, ispaniyalik rejissyor Albert Serra, rossiyalik dramaturg Aleksandr Adabaşyan, New German Film Board kinojamğarmasi a'zosi Brigitta Mantey bor.

Tanlov hay'atiga esa eronlik rejissyor Rizo Mirkarimiy raislik qilmoqda. 

Kinematografiyaga qöşgan buyuk hissasi uçun italiyalik aktyor Franko Nero mukofot bilan taqdirlandi. Mixalkovning qölidan mukofotni qabul qilib olgan Frankoning sözlariga köra, Rossiyada u Sergey Bondarçuk va Aleksandr Abdulov bilan birga işlagan.

Oçiliş filmiga esa hindistonlik rejissyor S. S. Rajamulining “Baxubali. Yakun” kartinasi aylandi. Bu tarixiy-sarguzaşt filmi Qirol Artur haqidagi afsonaning hindça talqinidir. 

Tanlovning rasmiy dasturida 247 ta film taqdim etilgan – 153 ta töla metrajli va 94 ta qisqa metrajli. Joriy yilda tanlov dasturiga 13 ta film kirdi: Xitoydan ("Kokildor ibis"), Daniyadan ("Jahannam"), Ispaniyadan ("Selfi"), Argentinadan ("Ana uçun simfoniya"), Finlyandiyadan ("Yulduzlar"), Yaponiyadan ("Uç yillik aprel tuşi"), Koreyadan ("Oddiy inson"), Germaniya hamda Avstriyadan ("Eng yaxşi dunyo"), Hindistondan ("Suvga sakraş"), Turkiyadan ("Sariq jazirama") va rossiyalik kinoijodkorlar asarlari.