Prezident Farğona viloyatiga taşrifining ikkinçi kuni Farğona şahridagi Nuroniylar maskanida yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
Farğonadagi Nuroniylar maskani Al-Farğoniy nomidagi madaniyat va istirohat boğida barpo etilgan. Bu yerda keksalar uçun zarur böladigan barça jihatlar e'tiborga olingan. Özbek va jahon adabiyotlari bilan boyitilgan kutubxona, zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlangan sport zali, tibbiyot xonasi, fitobar, çoyxona nuroniylar xizmatida.
Mohir hunarmandlar qölida sayqal topgan ayvonlar, naqşinkor ustunlar ijtimoiy markaz husniga husn qöşgan.
Prezident bu yerdagi şaroitlarni yanada yaxşilaş, xususan, keksalar uçun avtobus ajratiş zarurligini ta'kidladi. Nuroniylarning yoşlar bilan işlaşining izçilligini ta'minlaş, jamiyat ma'naviy barqarorligini mustahkamlaşda ularning örnini oşiriş böyiça tavsiyalar bildirdi.











