Yirik kompaniyalar sarmoyaçilarsiz öz faoliyatini rivojlantira olmaydi. Sarmoyaçilar esa direktorlar kengaşi tarkibiga kirib, öz "qoida"larini örnata boşlaşadi. Ba'zan şunday böladiki, ularning fikrlari kompaniyalar asosçilari pozitsiyasiga töğri kelmaydi - kelişmovçiliklar yuzaga kelgan taqdirda esa, rahbar iste'foga çiqadi. InsiderPro öz korporatsiyasidan quvilgan eng maşhur beş direktor haqidagi ma'lumot bilan bölişdi. Ularning ba'zilari lavozimiga qaytişga muvaffaq bölgan.
Trevis Kalanik, Uber
Trevis Kalanik kompaniyaning korporativ madaniyati va işçilarni kamsitiş holatlariga qarşi keçgan davomli tergovlardan keyin iste'foga çiqişga majbur bölgan. U 2009 yilda Garret Kemp bilan hamkorlikda "Uber"ga asos solgan.

Öşandan buyon kompaniya misli körilmagan muvaffaqiyatlarga erişdi: Uber dunyoning 58 mamlakatida öz faoliyatini yölga qöygan, kompaniya 69 milliard dollardan ortiqqa baholanadi. Afsuski, jamoadagi jinsiy zöravonlikka doir köplab mojarolar Kalanikka Uber rahbari lavozimidagi faoliyatini davom ettirişga imkon bermadi.
Stiv Jobs, Apple
1985 yilda öşa paytlardayoq milliard dollarga baholangan Apple kompaniyasida qator özgarişlar röy berdi. 30 yoşli Stiv Jobs va Jon Skalli örtasida hukumat uçun kuraş avj oldi, buning natijasida direktorlar kengaşi Jon Skallini yoqladi va Jobsni kompaniyadan haydaş töğrisida qaror qabul qildi. Şunday bölsa-da, keyinroq Stiv Jobs Apple'ga qaytdi va çin ma'noda uni qutqardi.

Jobs iste'fo davrida keyinçalik maşhur animatsion studiyaga aylangan NeXT va Pixar kompaniyasiga asos soldi.
Jyek Dorsi, Twitter
Jyek Dorsi 2006 yilda öz hamkasblari - Evan Uilyams, Biz Stoun va Noa Glass bilan birgalikda Twitter'ga asos soldi. U 2008 yilga qadar kompaniyaning boş direktor lavozimida faoliyat yuritdi, keyin esa samara körsatmagani uçun iste'foga çiqarildi va boşqaruv raisi lavozimiga tayinlandi. Twitter'ning yangi rahbari lavozimini esa Uilyams egalladi.














