AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama 2016 yilda Rossiya infratuzilmasiga kiberqurol joylaştirişni tasdiqlagan, deya xabar qiladi The Washington Post.

Naşr bu qurolni "bombaning raqamli ekvivalenti" deb atadi. Manbaga köra, AQŞ Rossiya bilan munosabatlari keskin yomonlaşganini sezsa, "raqamli bomba" istagan vaqtda işga tuşişi mumkin. 

Obama prezident lavozimini tark etayotganida mazkur loyiha işlab çiqariş jarayonida bölgan. Uni qöllaşni amaldagi prezidentgina tasdiqlaşi mumkin.

Dastur Rossiyaning muhim infratuzilma tarmoqlariga AQŞ Milliy xavfsizlik agentligi tomonidan işlab çiqilgan qandaydir "implantantlar"ni közda tutadi, deya ma'lum qilgan sobiq amaldor The Washington Post gazetasiga.