Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xening dugonasi, yirik korruptsion mojaro böyiça gumonlanuvçi Çxve Sun Sil 3 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi.

Yonhap axborot agentligining ma'lum qilişiça, sud Silni qizi Çon Yu Ra öqigan universitetga noqonuniy bosim ötkazgani uçun şu muddatga qamaşga qaror qildi.

Tergovning aniqlaşiça, Çxve Sun Sil prezident bilan aloqalaridan foydalanib, universitet rahbariyatidan öz qiziga boşqalarga nisbatan ustunroq munosabatda bölişni talab qilgan. Silga, jumladan, universitet ma'muriyati bilan qizining öqişga kirişi böyiça til biriktiriş ayblovi qöyilgan.

Pak Kin Xening dugonasi şuningdek universitet pedagogik tarkibidan qizining bajarmagan uy topşiriqlari uçun baho qöyib berişini talab qilgan.

Uşbu hukm Çxve Sun Silga nisbatan olib borilgan va hozirda sudga topşirilgan bir qator işlar böyiça çiqarilgan birinçi jazo hukmi böldi. Sobiq prezidentning dugonasi Janubiy Koreyada ötgan yil avj olgan korruptsion mojaro böyiça asosiy gumonlanuvçi bölib qolmoqda.

Tergov taxminiça, Sil heç qanday davlat lavozimlarini egallamay turib, mamlakatni boşqariş jarayonida faol iştirok etgan va oliy darajadagi siyosiy qarorlar qabul qilinişiga aralaşgan.