Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maxfiy razvedka faxriysi: NATOda Sobiq ittifoqni barbod etish rejasi bo‘lgan
Rossiya maxfiy razvedkasi faxriysining aytishicha, NATO Sobiq ittifoqni “parchalab tashlash” va Rossiya hududini Moskva knyazligi hududiga qadar kamaytirishni rejalashtirgan. U bu haqda «Vesti v subbotu» dasturida aytib o‘tdi.
Reportajda maxfiy razvedka xodimining haqiqiy ismi keltirilmagan. Xabar berilishicha, razvedka faxriysi NATO yo‘nalishi bo‘yicha ishlagan. Dastur boshlovchisining aniqlik kiritishicha, razvedkachi so‘zlariga ko‘ra, alyans rejalarida Sobiq ittifoqni barbod etish faqatgina birinchi bosqich bo‘lgan.
«Keyin O‘rta-Voljsk respublikasini yaratish, butun Rossiyani esa Moskva knyazligi hududiga qadar kamaytirish», - deya aniqlik kiritdi razvedka xodim.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday hujjatlar haqiqatdan ham bor, jumladan, tashqi razvedka xizmati arxivida ham.
Avvalroq Putin maxfiy razvedkadagi ish haqida gapirib bergandi.
Mavzuga oid
09:09
Ukraina NATOga uzoq masofali dron va raketalar yetkazib berishga tayyor
22:10 / 11.05.2026
AQSh Kuba qirg‘oqlarida razvedka faoliyatini kuchaytirdi
20:24 / 07.05.2026
Jahondagi ziddiyatlar: talaba-yoshlar qanday fikrda?
21:06 / 04.05.2026