«Sobiq ittifoq taşqi razvedka organlaridagi barça işim nafaqat taşqi razvedka xizmati, balki aynan maxfiy razvedka bilan boğliq edi», - deya Putinning «Rossiya 1» telekanaliga bergan intervyusidan iqtibos keltirgan «Vesti.ru».
Putinning ta'kidlaşiça, u bunday razvedkada qanday kişilar işlaşini biladi.
«Bu kişilar alohida xususiyatga, ajralib turuvçi fe'l-atvorga ega. Öz yaşab turgan tarzingiz, yaqinlaringizdan voz keçiş va vataningizdan juda uzoq yilga çiqib ketiş, öz umrini Vatanga xizmat uçun bağişlaş har kimning ham qölidan kelmaydi. Buni faqatgina tanlanganlar qila oladi», - deya ta'kidlab ötdi Putin.
Şuningdek, Rossiya rahbari hozirgi kunda maxfiy razvedkada işlayotgan rossiyalik josuslarga baxt va farovonlik tilagan.












