AQŞ harbiy-havo kuçlarining Nebraska ştatidagi Offut bazasida tornado tufayli 10 ta samolyot, jumladan "qiyomat kuni samolyoti" deb ataluvçi ikkita Boeing E-4B samolyotlariga şikast yetkazildi. Bu samolyotlar katta kölamli ixtilof holatida AQŞning oliy rahbariyati uçun havodagi qömondonlik punktlariga aylanişi közda tutilgan. CNN telekanalining ma'lum qilişiça, voqea 16 iyunda yuz bergan. 

Tornado şuningdek Boeing RC-135 rusumidagi 8 ta razvedkaçi samolyotga ham şikast yetkazgan, ulardan 6 tasi ta'mirdan çiqarilib, topşiriqlarni bajarişga tayyor holatga keltirilgan. Bazada şuningdek daraxtlar köporilib yuborilgan va binolarga şikast yetgan. 

AQŞ harbiy-havo kuçlari kamida törtta E-4B samolyotini doimiy şay holatda uşlab turadi. Bu samolyotlar AQŞ prezidenti va mudofaa vaziri, AQŞ qurolli kuçlari ştablari boşliqlari qömitasi uçun möljallangan. Taxmin qilinişiça, bu samolyotlar yadro uruşi vaqtida quruqlikdagi boşqaruv tuzilmalari barbod bölgan holda qöllanişi mumkin. Bu samolyotlardan har birining narxi 200 mln dollar atrofida turadi.