Buyuk Britaniya parlamenti uning serverlari xakerlar hujumiga yöliqqanini tasdiqladi. Buning natijasida ikki palataning ham ba'zi a'zolari özlarining poçtalariga kira olişmagan. Bu haqida mamlakat parlamentining Twitter'dagi rasmiy sahifasida ma'lum qilindi. 

"Biz parlament tarmoği foydalanuvçilari akkauntlariga ruxsatsiz kirişga uriniş holatlarini aniqladik va hozirda Milliy kiberxavfsizlik xizmati bilan uzviy hamkorlikda bu voqeani örganmoqdamiz", - deyiladi xabarda. 

Şuningdek unda ehtiyotkorlik çorasi sifatida parlament tarmoği akkauntlariga masofadan kiriş vaqtinçalik yopilgani ham ma'lum qilingan. Bir neça parlamentariylar öz poçtalariga kira olmayotganliklarini tasdiqlaşgan.