Turkiya Qatarning qator arab davlatlari talablariga nisbatan pozitsiyasini qöllab-quvvatlaydi. Rajab Toyyib Erdöğan 25 iyun kuni Istanbulning Otaşexir tumanidagi Mimar Sinan masjididan Hayit namozini öqib çiqib, jurnalistlarga bergan intervyusida şu haqida ma'lum qildi.
"Qatarga qöyilgan 13 punktdan iborat talablar xalqaro huquq normalariga ziddir. Mamlakatlarning suverenitetini buziş va içki işlariga aralaşişga bölgan urinişlar davlatlararo munosabatlar nuqtai nazaridan notöğri. Bunday yondaşuv butkul xato", - deya ta'kidladi prezident.
Turk davlati rahbari Qatar duç kelayotgan sanksiyalar, şuningdek Anqaraning bu mamlakatni qöllab-quvvatlaş harakatlariga diqqatni qaratdi.
"Davlatlararo munosabatlarda sanksiyalar qöllaş tajribasi notöğri. Biz Qatarni qöllab-quvvatlaş uçun zarur barça çoralarni köramiz, çunki xalqaro huquq normalari qöpol ravişda buzilayotgani yaqqol namoyon bölmoqda. Şuningdek bu masalada Kuvaytning vositaçilik xatti-harakatlarini ham qöllab-quvvatlaymiz. Umid qilamizki, Saudiya Arabistoni Doha atrofidagi inqirozni tartibga keltiriş borasida bunday kölamli mamlakatga xos bölgan kerakli qarorlarni qabul qiladi", - dedi Erdöğan.
Şuningdek davlat rahbari Qatardan harbiy bazani olib çiqişga doir ma'lumotlarga izoh berdi.
"Men Saudiya Arabistoni qiroli bilan suhbatda şaxsan şu masalani kötardim va u bu masalani körib çiqişga va'da berdi. Bugungi holatga köra, Ar-Riyoddan hali javob kelmadi. Qatardan turk harbiy bazasining olib çiqilişiga doir çaqiriqlarga kelsak, bu Turkiyaga nisbatan hurmatsizlikdir. Anqara ikki tomonlama munosabatlarni kimlar bilandir muhokama qilmoqçi emas", - dedi prezident.
Erdöğan Ramazon hayiti Islom olamining tinçlik, birdamlik va hamjihatlik darakçisi bölişiga umid bildirdi.











