Facebook ijtimoiy tarmoği seriallar işlab çiqariş bilan şuğullanişni rejalaştirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan xabar berdi.
Xabalarga köra, Facebook “televizion sifatdagi şou”ni yaratiş böyiça Hollivuddagi studiya va agentliklar bilan muzokaralar ötkazmoqda hamda mahsulotni yoz oxirlarida taqdim etiş harakatida.
WSJ ma'lumotiga qaraganda, ijtimoiy tarmoq bitta qismni yaratişga 3 mln dollargaça mablağ sarflaşga tayyor, şuningdek, ança köp pul talab etiluvçi şoularga ham qiziqiş bildirgan.
Manbalarning iddao etişiça, Facebook kiçik şaklga ham qiziqişda. Gap davomiyligi 10 daqiqa atrofida bölgan mahsulot haqida bormoqda.
Facebook bu boradagi rejalari haqida izoh berişdan boş tortdi.












