Poytaxtimizning biryöla uç oliy öquv dargohi Özbekiston fuqarolaridan Rossiyada işlaşga ruxsatnoma oliş uçun imtihon qabul qila boşlaydi.

Imtihonlar topşiriş tartibiga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi «Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinçalik mehnat migratsiyasini amalga oşirişni rejalaştirayotgan fuqarolar uçun Özbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihonlar taşkil qiliş çora-tadbirlari haqida»gi qarori bilan aniqlik kiritilgan.

Yagona imtihon rus tili, RF tarixi va qonunçiligi asoslari borasidagi bilimlarni tekşiruvçi savollardan iborat böladi. Imtihonlar Özbekiston Milliy universiteti, I.Karimov nomidagi Toşkent davlati texnika universiteti va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toşkent filialida bölib ötadi.

Yangi xizmat pullik böladi, tölov milliy va xorijiy valyutalarda qabul qilinadi. Xorijiy valyutada tölovlarni qabul qiliş uçun markazlar maxsus terminallar bilan jihozlanadi. Tölovning sömdagi qismi imtihon markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, xodimlar va oliygoh xodimlarini rağbatlantirişga sarflanadi. 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmatining xabar berişiça, imtihonlardan muvaffaqiyatli ötgan fuqarolarning nomlari avtomatlaştirilgan elektron ma'lumotlar bazasiga qöşiladi. Uni ayni paytda işlab turgan mehnat migrantlariga oid elektron baza bilan birlaştiriş rejalaştirilgan.

Imtihonlar haqida barça ma'lumotlar (uslubiy qöllanmalar, ularning bahosi, ötiş vaqti va joyi) Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy saytida e'lon qilib boriladi.