Rossiya An-148 yaqin magistralli samolyotini işlab çiqarişni töxtatadi. Bu Voronej aviaquriliş birlaşmasida sönggi ikkita maşinani quriş yakunlangaç, röy beradi, deb xabar qildi Rossiya aviatsiya sohasidagi manba jurnalistlarga.

Avvalroq Ukrainaning KB Antonov rasmiy vakili Rossiyadan yetkazib berilgan ehtiyot qismlarni xarid qilişni töla töxtatgani haqida xabar bergandi.

"Voronejda tayyorlangan An-148ga katta qiziqiş bor edi. Qiziqiş fuqarolik aviakompaniyalari hamda mudofaa vazirligi tomonidan bildirilgan. Afsuski, siyosat ongdan kuçliroq çiqdi. Voronejda sönggi maşinalar işlab çiqarilişi yakunlanmoqda", - degan manba.

An-148 – yaqin magistralli yölovçi samolyoti bölib, oraliq qönişlarsiz 2-5 ming kilometr masofaga parvozni amalga oşirişi mumkin.