Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor suriştiruv tadbirlari davomida, Buxoro tumani, Gulşanobod QFYda yaşovçi, 1969 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan F.Najmetdinova Kogon şahri, Istiqlol MFYda yaşovçi fuqaro N.Ğ. hamda  Şofirkon tumani, Qalmaqon QFYda yaşovçi, muqaddam sudlangan G.Ya larni Tailand davlatida pul evaziga jinsiy aloqada böliş yöli orqali mömay daromad orttirişi mumkinligini bildirgan holda qiziqtirgan, deb xabar berdi Kun.uz’ga Buxoro IIB.

U uşbu fuqarolarni çet davlatga borişi uçun qilinadigan xarajatlar, ya'ni, u yerda yeb-içiş hamda ijaraga turiş uçun qilinadigan sarf xarajatlarning hammasini özi kötarişini bildirgan holda yollab, “Toşkent-Tailand” yönalişi böyiça aviaçipta xarid qilişi uçun Buxoro şahrida yaşovçi özining öğli J.Toşev orqali 500 AQŞ dollar pullarini yetkazib, N.Ğ ning Özbekiston Respublikasi Davlat çegarasidan çiqib Tailand Respublikasining Bangkok şahriga borişiga, G.Ya ning esa Tailand Respublikasining Pattaya şahriga borişiga erişib, ulardan turli millat vakillari bilan pul evaziga jinsiy aloqada bölişlari uçun foydalanib, jinsiy aloqaga kirişganligi evaziga beriladigan pul mablağlarini özida saqlab, odam savdosi jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan. 
         
Uşbu holat yuzasidan  viloyat IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan F.Najmetdinovaga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismi “z,i” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.