Xitoyning Siçuan viloyatida ikkinçi köçki yuz berdi. Bu haqda Associated Press Xitoy milliy radiosiga asosan xabar tarqatdi.
Ta'kidlanişiça, köçki seşanba, 27 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 lar atrofida yuz bergan.
Hodisa joyida bölgan kişilar xavfsiz joyga köçirildi. Tabiiy ofat kölami haqida hozirça heç narsa ma'lum emas.
Siçuan viloyatining Moasyan uyezdida birinçi köçki şanba, 24 iyun kuni yuz berdi. 140 dan ortiq inson tuproq ostida qolib ketgan.
Sönggi ma'lumotlarga köra, köçki oqibatida halok bölganlar soni 24 kişiga yetdi, yana 109 kişi bedarak yöqolgan, deb hisoblanmoqda.













