Ukraina poytaxtidagi Solomenskaya va Mexanizatorlar köçalari kesişgan çorrahada kuçli portlaş röy berdi. Bu haqida Life naşri xabar berdi. 

Manbaga köra, çorrahadan yengil avtomobil ötayotgan bir paytda portlovçi qurilma işga tuşgan. Maşina portlaş natijasida katta ziyon körgan. 

Voqea röy bergan joyga şaharning barça operativ xizmatlari yöl olgan. Portlaş röy bergan hudud qurşab olingan.

Ukraina Mudofaa vazirligi bu portlaş oqibatida Ukraina razvedka Boşqarmasi polkovnigi Maksim Şapoval halok bölganini tasdiqladi.

"Bugun, 27 iyun kuni, Kiyev şahrining Solomenskiy tumanida avtomobil portladi. Portlaş oqibatida Ukraina Mudofaa vazirligining Razvedka boş boşqarmasi xodimi polkovnik Maksim Şapoval qurbon böldi", — deyilgan xabarda.