NATO Ukrainaga harbiy institutlarni qayta taşkil etişda kömak körsatadi. Bu haqda alyans boş kotibi örinbosari Rouz Getemyuller xavfsizlik böyiça har yilgi anjumanda ma'lum qildi.
«NATO Ukrainaga bundan keyin ham mudofaa böyiça institutlarni qayta taşkil etişda kömak körsatib boradi, bu u özini samarali himoya qilişda qöl keladi», - deya uning sözlarini keltiradi RIA Novosti.
Getemyullerning ta'kidlaşiça, Ukraina şarqidagi hozirgi vaziyat «juda katta xavotirga sabab bölmoqda».
Eslatib ötamiz, NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg va alyans delegatsiyasi Ukrainaga 9-10 iyul kunlari taşrif bilan borişni rejalaştirmoqda.












