Fuqaro D.Sultonov Samarqand şahar Özbekiston köçasi 148-uyda yollanma xizmatçi bölib işlayotgan vaqtida 3 metr balandlikdan uyning ikkinçi qavatiga boşi bilan qulab tuşadi va huşini yöqotadi, mazkur holatda tibbiyot xodimlari jabrlanganga tez tibbiy yordam körsata olmaydilar. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Şundan söng, xonadon egalari darhol viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga qönğiroq qilib vaziyat yuzasidan amaliy yordam söraydi.
Qutqaruv otryadining navbatçi smenasi qutqaruvçilari çaqirilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, behuş yotgan D.Sultonovni maxsus asbob-anjomlar yordamida uyning ikkinçi qavatidan tuşirib, birinçi tibbiy yordam xodimlariga topşirişdi.
Hozirda fuqaro D.Sultonovning ahvoli yaxşilangan.












