Samsung kompaniyasi zamonaviy texnologiyalardan voz keçişga tayyor bölmagan retrosevarlar uçun Galaxy Folder 2 taxlama-smartfonini taqdim etdi. Yangi qurilmaning narxi 260 dollar atrofida. 24Gadjet şu haqidagi yangiligi bilan bölişdi.

Smartfon 1.4 GGts çastotali 4 yadroli protsessor, 2 Gb operativ va 16 Gb içki xotira bilan ta'minlangan; xotira kartasi sloti 256 Gb'gaça bölgan MicroSD kartalariga möljallangan. Akkumulyator siğimi - 1950 mAs. Ikki kamera - 8 va 5 Mp. Smartfon ikki xil - qora va bordo rangdagi metall korpus bilan qoplangan.

Displey diagonali 3,8 dyuymni taşkil qiladi. Sensor klaviaturani klassik tugmalar töldirib turadi. Ular orqali qönğiroqlar röyxati, sms-bölim va ijtimoiy tarmoqlarga kiriş mumkin. 

Samsung Galaxy Folder 2 Janubiy Koreya bozorlariga çiqdi. Xalqaro sotuvlar yoz oxiriga qadar boşlanadi.