Şimoliy Koreyaning Mangyongdae Information Technology Corporation kompaniyasi taşqi körinişidan iPhone'ga öxşaydigan smartfon sotuvlariga start berdi. Qurilma Jindallae 3 nomini oldi. Daily Mail naşri şu haqida ma'lum qildi.
Smartfon xususiyatlari haqida ma'lumot berilmagan. Firma bayonotiga köra, qurilma avvalgi smartfonlariga qaraganda foydalanişda qulay va xavfsiz. Şuningdek uning dizayni va operatsion tizimi KXDRda işlab çiqilgan.
Tahlilçilarning sözlariga köra, Jindallae 3 Şimoliy Koreyada işlab çiqarilmagan, unga Xitoy modellari asos sifatida xizmat qilgan.
Manbaga köra, smartfonda turli ilovalar mavjud - kalkulyator, karta öyini, internet-brauzer, musiqiy pleyer, fotoilova kabilar şular jumlasidandir. Şuningdek smartfonda "Maxfiy makon" dasturi ham bölib, uning vazifasi haqida ma'lum qilinmagan.
Jindallae — Osiyo mamlakatlarida ösuvçi, rododendronlar oilasiga kiruvçi gulning koreysça nomi.












