Şveytsariyada Yevropadagi eng katta bir oraliqli arkali köprik qurildi. Tamina deb atalgan köprik Sankt-Gallen kantonidagi Valens va Pfefers qişloqlarini birlaştirdi, deb xabar bermoqda Swissinfo.ch naşri.

OAV ma'lumotlariga köra, Tamina darasi ustidan ötgan köprik balandligi 200 metrdan, uzunligi esa 417 metrdan oşiqroq. Köprikka xizmat körsatiş uçun 1 km lik qöşimça yöl qurişga töğri keldi. Köprik qurilişi 57,5 mln dollarga aylandi. 

Köprik hududdagi transport vaziyatini ança yaxşiladi. Misol uçun, Pfefersdagi öt öçiruvçilar zarurat bölganda endi qöşni qişloqqa oson yetib bora oladilar. Bir marta ular yonğin joyiga yetib borişlari uçun 30 daqiqa talab qilingani oqibatida mahalliy çerkov yonib kul bölgan. Şuningdek, maktabgaça yöl ham 40 km ga qisqaradi, çunki endi avtobusga darani aylanib ötişga hojat qolmaydi. 

Ta'kidlanişiça, Valensda 400 kişi, Pfefersda esa 600 kişi istiqomat qiladi.