BMTning niderlandiyalik “moviy kaskalar” askarlari 1995 yilda Srebrenitsada röy bergan qirğin vaqtida 7800 bosniyalik musulmonning ölimiga javobgar, deb tan olindi. Bu haqda Die Tagesschau yozmoqda.
Hollandiyalik tinçlikparvar kuçlarning javobgarligi töğrisidagi masala Haagada 27 iyun kuni hal etildi.
Eslatib ötamiz, 1995 yilda Srebrenitsada röy bergan qirğin – Yugoslaviyadagi fuqarolar uruşining eng qonli hodisalaridan biridir.
Serb Respublikasi armiyasining general Ratko Mladiç qömondonligidagi askarlari bosniyalik musulmonlardan 8 mingga yaqin erkakni öldirgan. BMT esa Srebrenitsani “xavfsizlik zonasi” deb e'lon qilgan va u yerga 600 nafar hollandiyalik tinçlikparvarni yuborgan.
Uruş tugaganidan söng va Deyton kelişuvlari imzolangaç, qurbonlarning “Srebrenitsa onalari” taşkilotiga kiruvçi qarindoşlari Niderlandiyaga qarşi iş qözğatişdi. Ular röy bergan hodisaga uşbu davlat mas'ul ekanini tan oldiriş niyatida bölişgan va kamida 4 mln. dollarlik tovon puli talab etişgan.
Otib taşlanganlar röyxati bosniyalik serblar Respublikasi hukumati tomonidan 13 yil muqaddam e'lon qilingan, unda 7800 qurbonning ismi bölgan.
Ta'kidlab ötiş joizki, Srebrenitsa fojialari genotsid sifatida tan olingan. Yevropa parlamenti 11 iyulni Srebrenitsadagi genotsid qurbonlari xotirasi kuni, deb e'lon qilgan.











