Londonning «Çelsi» klubi rossiyalik xöjayini Roman Abramoviç FIFA bilan boğliq poraxörlik jinoyatida şubha ostiga olinmoqda. Bu haqda The Telegraph FIFAning etika böyiça tergov qömitasi sobiq xodimi Maykl Garsiyaning bayonnomasiga asoslanib xabar tarqatgan.

Unda qayd etilişiça, «Rossiya-2018» taşkiliy qömitasi Abramoviçga tegişli bölgan Konoplyovdagi futbol akademiyasini ijaraga olgan.

Hujjatda körsatib ötilişiça, olib borilgan tekşiruvlar natijasida kompyuterda bu borada juda kam ma'lumotlar saqlanib qolgani aniq bölgan. Sababi ular akademiyani öz egasiga qaytargaç, bu boradagi ma'lumotlarni yöqotişga urinişgan va köplab fayllarni öçirib taşlaşgan.

Ammo bu hujjatlar Abramoviç yoki «Rossiya-2018» taşkiliy qömitasi rahbari Aleksey Sorokinning qaysi biri tomonidan berilgan buyruqqa binoan öçirilgani aniq emas.

«Çelsi» xöjayini 2018 yilgi JÇni ötkaziş uçun Rossiya tomoniga moliyaviy kömak berib kelgani böyiça barça ayblovlarni rad etib keladi.