Qöşma Ştatlar 2020 yilga kelib suyultirilgan tabiiy gaz global bozoriga sof-eksportçi sifatida çiqiş niyatida. Bu haqda Oq uy saytida aytilgan. Amerika gazining 2016-2040 yillardagi sotuvlari federal byudjyet daromadini 118 mlrd dollarga köpaytiradi.

«AQŞdagi gaz inqilobi, mamlakatimiz suyultirilgan tabiiy gaz eksportçisi sifatida global öyinçiga aylanişiga olib keladi», - deya ta'kidlanadi xabarda.

AQŞ 1953 yildan beri tabiiy gazning toza importçisi hisoblanadi.

Mamlakat prezidenti Donald Tramp 28 aprel kuni avvalgi davlat rahbari Barak Obamaning şelflarda foydali qazilmalarni işlab çiqarişni çeklaş töğrisidagi farmonini bekor qilib, neft va gazni Atlantika, Tinç va Şimoliy Muzlik okeanlari hamda Meksika körfazidagi qismlarda qazib olişni kengaytirdi. Hujjat taxminan yetti million kvadrat kilometrda qazilma işlarini olib boriş imkonini beradi. Bu hududlarda 90 mlrd barrel neft va 9 trln kubometr gaz bölişi mumkin.