2017 yil 5 may kuni Prezident qarori bilan qabul kvotalari tasdiqlangani joriy yilgi qabul mavsumini rasman oçib berdi, deb bemalol aytiş mumkin. Mazkur qaror asosida bir qança yangiliklar va özgarişlar kiritildi. Masalan, Respublika böyiça kvotalar 8 ming 409 taga köpaygan va jami 66 ming 316 nafar talaba qabul qilinadi. Xususan, Farğona davlat universitetida bu yil 1600 nafar abiturent talaba böliş baxtiga muyassar böladi. Ulardan 405 nafari Davlat grantlari asosida bölsa, qolgan 1195 nafari şartnoma asosida tahsil olişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti taşabbusiga köra, bu yil Farğona davlat universitetida yangi yönalişlar oçildi. Tojik filologiyasi, Dorivor ösimliklarni yetiştiriş va qayta işlaş texnologiyasi, Hayotiy faoliyat xavfsizligi, Mehmonxona xöjaligini taşkil etiş va boşqariş hamda kasbiy ta'lim yönalişlarga yoşlardan arizalar kelib tuşmoqda.

Farğona davlat universitetida avvallari 26 ta yönalişda tahsil oliş imkoniyati bölsa, ularning safi yana 5 taga köpaydi. Qabul qilinişi mumkin bölgan talabalarning soni ham 320 taga oşgan.
Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalar universiteti Farğona filiali esa bu yil 5 ta yönaliş böyiça jami 340 nafar talabani qabul qiladi. Mazkur oliy ta'lim muassasasida ham yangi - Axborot xavfsizligi yönalişi taşkil etildi. Avvallari 290 nafar talaba qabul qilingan bölsa, bu yil ularning safi yana 50 nafarga köpaydi.
Ma'lumot örnida, joriy yil Farğona viloyatidagi 4 ta oliy ta'lim muassasasi, jumladan, Farğona davlat universiteti 1600 nafar, Farğona politexnika instituti 1915 nafar, TATU Farğona filiali 340 nafar, Qöqon pedagogika instituti 1200 ziyod talabani öqiş uçun qabul qiladi. Prezident qaroriga köra, 68 balldan yuqori körsatkiç töplagan abiturentlar öqiş istagida bölsa, kontrakt asosida tahsil olişlari mumkin.

Ayni kunlarda abituriyentlar özlari tanlagan yönalişlar böyiça xujjat topşirişmoqda. Biroq hujjatlar soni ayni vaqtgaça kamroq. Odatda qabul komissiyasi 20 iyundan öz işini boşlar edi. Şu sababli ham yoşlar bu boradagi yangilikni eşitmagan körinişadi. Eslatib ötamiz, hujjatlar 15 iyundan 15 iyulga qadar qabul qilinadi.













