Çustlik Bahodir Toymazov (ism-şariflar özgartirildi) farzandlari Rahimjon va Ergaşni qöşni respublikaga borib işlab kelişga da'vat etdi. Özi şundoq ham bekorçilikdan bezigan katta öğli xorijda mömay pul topiş mumkinligini eşitgaç, darrov otasining taklifiga rozi böldi va yaqin dösti Akramdan pul olib, aytilgan manzilga jönab ketdi, deb yozadi “Postda” gazetasi.

“Uzoqning buğdoyidan yaqindagi somon yaxşi” degan maqol bejiz aytilmagan. Rahimjon qöşni davlatga yetib borgaç, aldanganini bildi va ikki oydan söng bir amallab uyiga qaytib keldi.

Endi bu yoğini eşiting: Rahimjon çet davlatda yurgan paytda Akram döstining oilasidagi ahvolni biliş maqsadida uning turmuş örtoğiga bir-ikki marta qönğiroq qiladi. Bundan xabar topgan Bahodir Toymazov öğli qaytib kelgaç, “Akram xotining bilan don olişib yuribdi, şuning uçun u bu qilmişining badalini tölaşi kerak”, deb keçki payt ikki döstini olgança töğri Akramning öyiga borişadi. Uni ovloqroq joyga olib çiqişadi. Bahodir “Sen öğlimning turmuşini barbod qilding, buning uçun 7500 dollar berasan! Işni “yopti-yopti” qilamiz, agar boş tortsang, el orasida şarmanda bölasan va sening ham turmuşingni buzib, ustingdan jinoyat işi qözğattiramiz” deb qörqitadi. Yaxşilik qilaman deb tuhmatga qolgan Akram ularning vajohatidan qörqadi va or-nomusni ustun bilib, “şu bilan tinçişsa, mayli” deb, ota-bola firibgarlarga ma'lum miqdorda pul beradi.

Ota-bolalar kelinga ham tuhmat toşini yoğdirib, uydan haydab yuborişadi.

El oğziga elak tutib bölmaydi. Bu voqea zum ötmay nafaqat mahallaga, balki butun tumanga tarqaldi. Ammo masalaga oydinlik kiritib, oqni oqqa, qorani qoraga ajratişga jazm aylagan biror kimsa topilmadi. Aksinça, boşqalar qatorida mahalla faollari ham tomoşabin bölib turaverişdi.

Biror kişi muşugini “pişt” demaganidan “ilhomlangan” tovlamaçi firibgarlar kun-kunora Akramga bosim ötkazişar, u esa oilasining barbod bölmasligi va voyaga yetmagan farzandlarining kelajagini öylab ota-bolalarga mute bölib qolgandi.

-  Soğib olişga zör govmiş topdig-u, ammo undan oladiganimizni olib, söng işni töxtatmasak bölmaydi, - dedi şunday kunlarning birida B.Toymazov öğillariga.

-  Xöş, unda nima qilsak böladi?

-  Hozir Akramning uyiga borib, uni şu yerga olib kelasizlar. Qolganini özim xamirdan qil suğurganday hal qilaman...

Akram maşinasidan tuşişga ulgurmasdan aka-ukalar uni sudrab otasi ötirgan xonaga olib kirişdi.

-  Qilğiliqni qilib yayrab-yaşnab yuribsan, Rahimjon esa sen tufayli el orasida uyatga qoldi, oilasi barbod böldi. Endi bu yoğiga mardlarça turib berasan. Uni uylantirişimiz kerak. Buning uçun töyga ketadigan xarajatlar sening hisobingdan böladi. 7500 “köki”dan olib kelganingdan keyin oramiz oçiq, deb hisoblayver.

Tovlamaçilarning navbatdagi pöpisasini eşitib peşonasini sovuq ter bosgan Akram uydan köçaga çiqarkan, nima qilişini bilmay biroz esankirab qoldi. Nihoyat, keç bölsa-da, aqlini peşlab, tuman içki işlar bölimiga ariza bilan murojaat qildi.

Jinoyatga jazo muqarrar. Tovlamaçilar jinoyat ustida, aşyoviy dalil bilan qölga olindi va qilmişlariga yaraşa jazoga tortildi.