«Real» Madrid va Ispaniya terma jamoasining afsonaviy futbolçisi Raul Gonsales bugun özining 40 yoşini qarşi oldi.
«Real» Madrid safida 550 ta öyinga tuşib, 228 ta gol urgan bu futbolçi uning tarixidagi eng zalvorli futbolçilardan biri bölib qolişi aniq. «Real» keyingi yillarda jamoa uçun mehnati singan yulduzlarni munosib kuzatmayotgani taassufli hol. Jamoa muxlislariga ham rahbariyatning bunday xatti-harakatlari yoqmayotgani bor gap. Raul, Kasilyas, ana endi Kriştianu ham boşiga iş tuşganda «Real»dan madad ololmayapti...
Nima bölganda ham, «blankos» muxlislari «Raul»ni özgaça mehr bilan eslaşadi.
Keling, 2009 yilda Xayrulla Hamidov tomonidan özining bu sevimli futbolçisiga atab yozilgan «Raul Madrid» maqolasini arxivdan çiqarib, yana bir karra mutoala qilaylik. Zero, bu yulduzning şarafiga bitilgan har qanday satr abadul-abad öz qiymatini yöqotmaydi.
* * *
Bugun köpçilik porlayotgan yulduzlardan biri haqida hikoya qilinsa, uning harakatlari haqida tahlil qilinsa va biror bir yangilik sözlab berilsa, degan fikrda turgandir. Biz bu safar boşqaça yöl tanladik. Barçaga ma'lumu maşhur öyinçini tanladik. Uning nomi yangraganida darhol hamma jim böladigan va öyinlari bilan barçaning mehrini qozongan yulduz haqida özimizning qaraşlarimizni bayon etişni istadik. Bu maqola biror bir manbaga asoslanmay, muxlis közi bilan yozilgan. Oddiy muxlis, ammo uşbu futbolçini hamma öyinçilardan köra yaxşi köradigan muxlis közi bilan. Şuning uçun bu maqolani öqiyotganingizda undan ufurib turgan mehriy sözlarni his qilasiz, degan umiddamiz. Hali maqolaning avjiga çiqmasingizdanoq umid qilamanki, oxirigaça közingiz yoşlanajak. Etingiz jimirlayajak va siz ham uning öyinlarini yana körişga oşiqasiz.
Maqolani ta'sirli ta'minlaş uçun uşbu futbolçini futbol deb atalmiş jozib öyinga daxldor sifatlarga boğlab yozaman. Turli tuman fikr egalarining rakursi böyiça kuzataman. Şunda nima demoqçi bölganimni töliqroq tuşuntirib bergan bölaman.
Futbolda natija muhimdir...
Keling, mana şu falsafani tiş-tirnoğigaça himoya qiladiganlar közi bilan Raul Gonsales Blanko faoliyatiga nazar taşlaylik.
1977 yilning 27 iyun kuni tuğilgan ispan öğloni hujumçi zoti havas qilişi mumkin bölgan deyarli hamma natijani qayd etib ulgurgan. Tuğilganidan beri hujumçilar ortida öynaşga ixtisoslaşgan bu yigit köp hollarda böş qolgan darvozani işğol etadi yoki darvozabon bilan birga-bir vaziyatga çiqib ketadi. Bu ba'zilarda Raulga nisbatan «tayyorga ayyor» iborasining qöllanilişiga ham sababdir. Ammo futbolning nozik jihatlarini tuşunadigan kişilar bilişadiki, kerakli paytda kerakli nuqtada paydo böliş har kimga ham nasib etmaydi. Ayniqsa, sof markaziy hujumçi bölmaganlarga. Raulning sakson foiz goli raqib jarima maydonçasi içida amalga oşgan. Şundan bilsa böladiki, bu hujumçi gol uriş uçun tuğilgan. Ispaniyalik hamkasblarimiz uning çap oyoğida köz bor, deb ham ta'riflaşadi.
Mavzuga oid
Ispaniya terma jamoasi tarkibida 100dan ziyod öyinda maydonga tuşgan Raul garçi bugungi kunda öz raqamini va örnini Vilyaga berib qöygan bölsa-da, Vilyaning tuşiga ham kirmaydigan natijani qayd etib bölgan. Ya'ni, gollari soni rekord natija qayd etişga yetarlidir. Ispaniya terma jamoasi libosini kiyib maydonga tuşadigan istalgan yigit borki, Raulni tengi yöq ustoz sifatida köradi.
Futbol katta mehnat talab etadi...
Ha, futbol juda katta mehnat talab etadi. Lekin ba'zilarning nazdida mehnat qobiliyatdan muhimroq ekan. Ana şu fikr egalarining közi bilan qaraganimizda ham Raulga omad boqqanini köramiz. Ispaniyalik goleador juda kambağal oilada tuğilgan. Otasi elektr ustasi bölgan. Uç nafar bolani boqişga uning şaroiti yetarli bölmagan. Tabiiyki, bunday oilada sport yulduzining yetişişi biroz muşkulroq. Raul ozğin va nimjon bola bölib ösdi.
Uning kelajakda maşhur futbolçi bölişiga otasining futbolga oşnoligi xizmat qildi, desak töğri bölardi. Aksiga olib, Raulning otasi Madrid şahrining ikkinçi jamoasi bölmiş «Atletiko» klubiga işqiboz edi. Şu bois öğlini öşa jamoaga bergandi. Ammo taqdir Raulga «Atletiko»ning aşaddiy raqibi «Real»ni nasib kördi. Otasining ra'yiga ters yurgan bölsa-da, hujumçi bugun töğri yöl tanlaganini his qilsa kerak? Çunki Raul deganda bugun hammaning köz öngiga oppoq libos keladi. Va goldan keyingi öng qölining ismsiz barmoğini öpib yugurib ketayotgan ajoyib hujumçi tasvirlanadi.
Raul juda katta mehnat egasi. U öz ustida işlaganini körganlar: bu bola ertaga maşğulotga kela olmasa kerak, hattoinki bugun uyiga yetib borolmasa kerag-ov, deyişardi. Ammo Raul uyiga yetib borardi, ertasiga maşğulotga heç narsa bilmagandek kelaverardi. Ustida qattiq işlagani öz samarasini berdi – vaznining yengilligi va nimjonligiga qaramasdan yakkakuraşlarda raqiblaridan töpni olib qöyişga hamda raqib darvozasiga töpni aniq yöllaşda bardavom böldi. Şuning uçun ham, bugungi zamonaviy futbol ölçami böyiça Raul biroz nimjonroq körinsa-da, gol urmagan maşhur darvozaboni qolmadi hisobi.
Oliver Kanning birgina ta'rifi bilan çeklanamiz: «Men «Real» bilan keçgan har öyindan oldin bitta narsaga hayron qolaman. Raul gol urgunça körinmaydiyu, xuddi maydonga öşa paytda tuşib olgandek bitta zarbasi bilan tinçitib qöya qoladi. Pele bilan öynamaganmanu, biroq, uni tasavvur qilişim uçun Raul juda qulay vosita!»
Pelega öxşatişyaptimi?
Futbol haqiqiy qobiliyatlilar öyini...
Ha, Pelega öxşatişyapti. Endi futbolga ham, san'atga ham, hayotga ham qobiliyatni ustun qöyiş orqali, öşa közoynak orqali qaraydiganlar tafakkuriga böysunib körib tahlil qilamiz. Ajabo, bu borada yaxşiroq natijalarni qölga kiritamiz.
Raul Gonsales öz ustida juda köp işlagan. Bu töğri. Biroq agar inson tanasida qobiliyat atalmiş ne'matdan asar bölmasa, Ötkir Hoşimov aytganidek, çumolidan yozuvçi çiqarib bölmaydi. Mehnat öşa çiqişni istamayotgan qobiliyatni yuzaga çiqarişdir. Raul dunyo yulduzlari içida töpni töxtatişda eng kam xato qiladigan öyinçilardan biri. Bu masalada özimizning xulosamizga tayanmaymiz-da, maşhur futbol siymosi Yohan Kruiffning fikrini keltirib ötamiz: «Yevropa futboli Raul va Zidansiz qolgan kuni robotlar öyiniga aylanadi-qoladi. Yaxşiyam şu yigitlar bor ekan. Zidanning töp bilan aylanişini körib, ovqatlanib turganimda-da baqirib yuboraman. Raul töpni çiziq oldida töxtatganida jim bölib qolaman. Buni futbolda boşqa takrorlay olmaslar».
Hayron bölayotgandirsiz, Raulning bunday dahoyona harakatlari yöq ediku, deb. Agar könglingizdan şundoq fikr ötgan bölsa, demak, siz Raulni Ibrahimoviçni kuzatgandek kuzatmagansiz. Men esa Raulning aynan şu jihati — töpni qabul qilib olayotgandagi holati tufayli yaxşi köraman. Del Boske «Real» yulduzlar fabrikasiga aylanib ketganida bir jurnalistning «Raulning işi Bekhem, Figu, Zidan va Ronaldolar davrasida unçalik körinmaydi, nima uçun asosiy tarkibda tuşaveradi?» degan savoliga çiroyli javob bergandi: «Çunki u körinadigan bölsa, hammasi tamom böladi. Raul yuqoridagi hamma yulduzdan farqli ravişda töpni öz vaqtida töxtatib, öz vaqtida undan uziladigan öyinçidir».
Demak, masalaga oydinlik kiritildi. Raulning «Real»dagi beqiyos örni ham şunda. Daqiq nigoh taşlaydigan bölsangiz, ispaniyalik goleador töpni qabul qilib olayotgandayoq hujumning davomini yeçib bölgan böladi. 2000 yilgi YeÇL finalidan söng «Valensiya» darvozaboni Kanisares çiqa solib bir gap aytgani hamon yodimda: «Töğrisini aytsam, töp bilan ketayotgan önta Gutidan töpsiz ketayotgan bitta Raul qörqinçliroqdir». Nega, deysizmi? Çunki u töpsiz ham köp işni amalga oşira oladigan iste'dod egalaridan biri. Sababini izlab köramizmi?
Futbolda gözallik eng muhimi!
Sababi oddiy – u gözallik şaydosi. Ispanlarning mumtoz san'atini yotvolib eşitadiganlar toifasidan. Ispaniya yulduzlari içida eng köp kitob öqiguvçi. Hatto bir intervyusida Fernando Torresning qobiliyati haqida söralganida şunday degandi: «Fernandoning ba'zi vaziyatlarda behis öynaşiga kitobni xuş körmasligi sabab bölsa kerak!».
Ha, biz – jurnalistlar nuqul terma jamoamiz vakillariga gazeta öqişni, köpgina kitoblar mutolaa qilişni tavsiya qilişimizning asosiy sababi şu. Erik Kantona uruşqoq va janjalkaş insonligi bilan maşhur bölsa-da, futboldan taşqarida insonşunosligi bilan ajralib turgan. Şuning uçun ham MYu murabbiylari unga eng oğir vaziyatlarda sardorlik boğiçini taqdim etişgan. Körinişidan mantiqsiz iş, biroq Kantona öşa mavsum bironta sariq kartoçka olmagan. Xullas, biz demoqçimizki, futboldagi harakatlar maydondan taşqaridagi holatlarga ham boğliq.
Raul Gonsalesning harakatlaridagi jozibadorlik va töpni oyoq uçida qabul qilib olişlari inglizlarning ur-tep öyinini körganingizdan keyin sariyoğdek yoqib tuşadi.
1998 yilgi Çempionlar Ligasi finalini rohatlanib kuzatgandim. Qirollik klubi ğolib bölgandi. Keyin esa Yaponiyada «Toyota» kubogi ötkazildi. Unda madridliklar «Vasko da Gama» bilan töp surişdi. Öşa kuni Raul faoliyatidagi eng gözal gollaridan birini yölladi. Ispaniya terma jamoasida 2008 yilgi öyinlargaça taktik yönaliş, deb baholanadigan uzun pas Yyerro tomonidan amalga oşiriladi. Raul çap oyoği bilan töpni ozgina qoçirib yuboradi. Birinçi körinişda bu xatoga öxşaydi. Aslida esa hujumçining ayyorona harakatlari edi. Darvozabon bilan birga bir vaziyatga çiqay desa, himoyaçi juda yaqin kelib qolgan. Bu paytda töpni çaproqqa olib qoçiş lozim. Keyin himoyaçi töpga taşlanişdan boşqa çora topolmaydi. Keyin esa öng tomonga aldaydi. Öng tomonga aldaşi bilanoq boşqa himoyaçi yetib keladi. Tabiiyki, u ham jon holatda töpga taşlanadi. Çunki Raulning çap oyoği bilan zarba yöllaşini biladi. Biroq, ispaniyalik iqtidor egasi uni ham ötkazib yuborib, töpni öngga olib ketadi. Natijada, bir harakatning özida ikki himoyaçi va darvozabon jarima maydonçasi içida arifmetik harakatlarga aldanişadi. Raul esa asosan yuriş uçun yaralgan öng oyoği bilan böş qolgan darvozaga töpni yöllaydi. Bu gol takroriy lavhada namoyiş etilgaç, öyinni şarhlab borayotgan Viktor Gusev şunday degandi: «Da, eto Raul! Takiye goly svoi vremena zabivali futbolisty kak...Pele! Bojye moy!»
Keyinçalik jahon futboli ma'lumotlarini öqişni boşladik. Öşa mutolaamiz davrida bir muhim ma'lumotga közim tuşdi: Pele dunyo yulduzlari içida faqat Raulga öyin tugaşi bilanoq qönğiroq qilib qöyar ekan. Yengsa tabriklab, yengilsa könglini kötariş uçun. Keyin bu qönğiroqni qabul qiliş Kakaga nasib etgan, deyişadi. Qolganlar esa...
Öşa paytda mening sevimli naşrim hisoblangan «Sovetskiy sport» öyinga yozilgan şarhga ajoyib sarlavha bilan çiqibdi: «Raulmadrid!» Öşa sarlavha bugungi maqolamizni ham bezab turibdi. Qarang!
Futbol o-o-ozgina adolatsiz öyin...
Buxoriy va Raul. Ğalati juftlik, nima dedingiz? Lekin hozir boğlab bersak, ajablanmay qöyasiz. Yurtimiz allomalari içida Buxoroda tuğilib, ilm peşvosi bölgan juda köp olimlar ötgan. Ularning hammasi öz ism-şariflari davomiga Buxoriy deb yozib ketişgan. Ularning nomlarini öqiganimizda töliq öqimasak «qaysi Buxoriy ekan», degan fikr miyamizdan ötadi. Ammo Buxoriy degan sözning özi yangrasa birgina insonni öylaymiz. Ul maşhur muhaddis haddan taşqari farqli bölganidan, minglab Buxoriylar ulğaygan diyorning nomini bir özi tarannum etib turaveradi.
Raul degan ism ham Ispaniyada ommalaşgan. Deyarli har bir jamoada Raul falonçilar bor. Ularning nomlarini şarhlaş kerak bölib qolsa, şarhlovçilar darhol Rauldan keyingi şarifini ham aytib ketişadi. Çunki faqat Raul deyiladigan bölsa, öşa bittagina Raul tasavvur qilinadi. Raul Gonsales mana şunday holatga hammani majbur qilgan.
Lekin ana şundoq yulduzga alamli xotima nasib etmoqda. Umrining asosiy qismi ötgan Ispaniya terma jamoasi bilan eng qora kunlarda birga böldi. Yoruğ kunlarida esa... Usiz Yevropa çempioni bölişdi ispanlar. Tarkib u ketganidan keyin haqiqiy jamoaviy va jangovar tarkibga aylandi. Raul öynagan paytdagi yetişmaydigan jihatlar hozirgi Ispaniyada keragidan oşiqça jamlandi. Ammo şunday bölsa hamki, men Ispaniyaning ajoyib öyinlarini kuzata turib, uning tarkibida Raulni köra olmaganimdan açinaman.
Baribir uni soğinaveraman. Butun dunyo qarşi bölsa ham...
Çunki men bitta haqiqatni bilaman. Raul Gonsales Blanko galaktikosning ğirt duşmani bölgan «Barselona» jamoasi fanatlari tomonidan ham yaxşi sözlar bilan tilga olinadi. Hatto fanatlar saytida «Real» jamoasining har bir vakili yuziga qora moy surkab çiqilganda ham Raulni yoruğ yuz bilan qoldirişgan va tagiga: «Bu bolaga kelganda nuqul moy tugab qoladi», deb yozib qöyişgan. Bu bolaga kelganda nafaqat qora moy, balki terma jamoaga beriladigan medallar ham yetmay qoladi, şekilli. Rosa ham açinarli manzara!
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi