Jamiyat | 17:17 / 28.06.2017
36717
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston aholisining kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzi - 5 trillion so‘mdan ortiq

Bugungi kunda O‘zbekiston aholisi va yuridik shaxslarning kommunal to‘lovlar bo‘yicha umumiy qarz miqdori - 5 trillion so‘mdan ortiq. Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mutaxassislar shunday ma'lumot berishdi.

Shuningdek elektr bo‘yicha salkam 3 million, gaz bo‘yicha 1,8 million abonent qarzdor hisoblanadi. 

Ekspertlarning ta'kidlashicha, aholiga o‘tgan oyda foydalanilgan resurs uchun joriy oyning 10 sanasiga qadar to‘lov kiritish imkoni beriladi. Bu avtomatlashtirilgan tizimga ulanmagan iste'molchilarga tegishli. 

Avtomatlashgan tizimga ulanganlar esa, oldindan to‘lov kiritishadi. Masalan, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanini olsak, 64 mingdan ziyod iste'molchining 55 foizidan ko‘prog‘i avtomatlashgan tizimga ulangan va ular oldindan to‘lov kiritish tartibiga rioya qilishadi. 

Yuridik shaxslarga keladigan bo‘lsak, ular 2017 yilning 1 iyulidan energoresurslar uchun 100 foizli oldindan to‘lovni amalga oshirishadi. 

Ta'kidlash joizki, Qonunchilikka kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, bundan buyon abonent to‘g‘ridan to‘g‘ri qarzlarini to‘lamasa, jazoga tortiladi. Shuningdek Kommunal to‘lovlar mexanizmlariga ta'sir kiritish yoki uni bevosita elektr o‘lchagichlarni o‘zgartirish, uning plombalariga tegish yoki ko‘p holatlarni buzganlik uchun modda qo‘shilmoqda. Bunday holatlarda 75 barobardan 150 barobargacha, 150 barobardan 300 barobargacha, 300 dan 500 barobargacha jarima belgilanadi. Bir oy ichida qarz to‘lanmasa, 2 yildan 3 yilgacha muddatga jinoiy javobgarlikka tortiladi, ozodlikdan mahrum ham  qilinadi.

Mavzuga oid