Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi axborot xizmati rahbari Alipaşa Ahmedov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Suv ta'minoti va oqova suv obektlari qurilişi böyiça injiniring kompaniyasida yetarli mablağ yiğilmasa, elektr energiya böyiça qarzdorlik yuzaga keladi, işçilar maoşini tölaşda muammolar kuzatiladi. Bundan taşqari, suvni zararsizlantiriş böyiça kamçiliklar bölişi mumkin.

Respublika böyiça içimlik suvi ta'minoti böyiça işlar normal holatda taşkil etilişi va xarajatlarni qoplaşi uçun kuniga 4-4,5 milliard söm pul tuşişi kerak böladi. Pandemiyaning eng murakkab davrida bu tuşum 300 million sömgaça tuşib ketdi», – dedi Alipaşa Ahmedov 19 iyun kuni Milliy matbuot markazida ötkazilgan matbuot anjumanida.

Foto: Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi axborot xizmati

Uning sözlariga köra, suvni zararsizlantiş vositasi – xlorning 1 oylik zaxirasi yaratilgani tuşum kamaygan vaqtda qöl kelgan.

«Aholiga tuşuntiriş işlari olib borilişi va tarğibot natijasida 2 hafta muddatdan söng pul tuşumi 2,5 milliard sömga yetkazilgan. Hozirgi kunda esa kunlik tölovlar miqdori taxminan 3 milliard sömni taşkil qilmoqda.

Aholining daromadlari ham vaqtinça kamaygani hisobga olinib, suv ta'minotini yaxşilaş böyiça Inqirozga qarşi kuraş jamğarmasidan 64 milliard söm foizsiz ssuda olingan», – dedi vazirlik rasmiysi.

Ta'kidlanişiça, bu mablağ birinçi navbatda tizimda xizmat körsatayotgan işçilar maoşlari va iş jarayonini taşkil etiş uçun yönaltirilgan.