Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyatida sudlar faoliyati yuzasidan tanqidiy ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda

Andijon viloyati Ulug‘nor, Bo‘z hamda Shahrixon tuman hokimliklarida mazkur tumanlarning faollari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 13 iyundagi sudyalar bilan uchrashuvidagi ma'ruzasini aholiga yetkazish yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Andijon viloyat iqtisodiy sudining raisi A.Shukurullayev, Andijon viloyat iqtisodiy sudi sudyasi D.Kasimov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘z tumanlararo sudi raisi v.b. S.Yulchiyeva, Bo‘z tumanlararo iqtisodiy sudi raisi v.b. U.Saydaxmedov va jinoyat ishlari bo‘yicha Ulug‘nor, Bo‘z Shahrixon tuman sudi sudyalari qatnashdi.
Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 21 fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga asosan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida viloyatning 6 ta tumanida, ya'ni Andijon, Asaka, Bo‘z, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa va Xo‘jaobod tumanlararo iqtisodiy sudlari tashkil etildi.
Mazkur yig‘ilishda Andijon viloyat iqtisodiy sudining raisi A.Shukurullayev so‘zga chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning sudyalar korpusi bilan bevosita tarixiy uchrashuvi bo‘lib o‘tganligini unda boshqa sohalar kabi odil sudlovni amalga oshiruvchi tizim ham kechagi kun bilan yashab bo‘lmasligini, ishimizga teran ko‘z bilan nazar solishligmizni, faoliyatimizni qaytadan tanqidiy ko‘rib chiqishni, xolislik va shaffoflikni ta'minlashni davr taqozo etayotganligini, lekin sud sohasidagi bugungi ahvol, ish faoliyati mutlaqo talabga javob bermasligini ta'kidladi.
“Bugungi kunda biz sudyalar shu vatan, shu xalq ravnaqi va iqboli uchun mas'uliyat va vijdonan, har bir qilgan qarorimizni adolatli va qonuniy qabul qilishimiz lozim”, - deya ta'kidladi Bo‘z tumanlararo sudi raisi v.b. U.Saydaxmedov.
Endilikda Andijon viloyatida har bir sudya tomonidan mavjud muammolarni hal etish uchun aholi bilan joylarda bir oyda kamida bir marta ochiq muloqotlar tashkil etiladi.
Bundan keyin viloyat sudyalari faoliyatiga, birinchi navbatda, aholidan tushayotgan shikoyatlar soni, ularning xalq bilan muloqot qilib, odamlarni qiynayotgan muammolarni qanday hal qilayotganiga qarab baho berilishi, bundan buyon sudyalarga xalqning o‘zi baho berishini, har qaysi sudyani keyingi muddatga tayinlash masalasini ko‘rishda ularning oxirgi ish joyidagi faoliyatini sinchiklab o‘rganishga alohida e'tibor qaratilishini, ayniqsa, har bir sudya faoliyat olib borgan hududda yashayotgan aholining, xususan, sudga ishi tushgan odamlar, keng jamoatchilikning fikri albatta hisobga olinadi.
Shuningdek, yig‘ilishda fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan sudyalarga savollar berishdi va javob olishdi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Gurjiston TIV hamkorlik dasturini imzoladi
O‘zbekiston | 13:46
-
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40
-
Germaniya biznesi o‘zbekistonlik yoshlarni stajyor va malakali ishchilar sifatida ishga jalb qiladi
O‘zbekiston | 13:39
-
O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatdan kelayotgani aytildi
O‘zbekiston | 13:20
Mavzuga oid

22:19 / 14.07.2025
Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika bo‘limi boshlig‘i va sobiq mansabdorlar pora bilan ushlandi

22:27 / 10.07.2025
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda

12:15 / 10.07.2025
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

20:51 / 07.07.2025