1-avgust kuni Moskvaning Barrikada köçasidagi köp qavatli bino oldida portlaş röy berdi. Bu vaqtda uşbu binoning birinçi qavatida joylaşgan Balzi Rossi restoranida xususiy marosim ötkazilayotgandi. Sönggi ma’lumotlarga köra, uşbu portlaş oqibatida beş kişi halok bölib, yigirmadan ortiq kişi yaralangan. Portlovçi qurilmani restoranga kurer olib kelgan, qöriqçi uni içkariga kiritmagan va şundan keyin qurilma masofadan turib portlatilgan. 

Moskva şahri meri Sergey Sobyanin hodisani terakt deb atagan, hukumat bu borada rasman izoh bermagan, xususan, terakt nişoni kim ekani ma’lum qilinmagan. Rossiyaning Italiyadagi elçixonasi esa bu hujumda Ukrainani ayblab, «Kiyevdagi terrorçilar Rossiyada işlayotgan italiyaliklarni qörqitib qöymoqçi bölgani» haqida bayonot berdi.

OAVga ma’lum bölişiça, restoranda bu vaqtda RF havo-kosmik kuçlari boşliği, general-polkovnik Aleksandr Çaykoning tuğilgan kuni ötkazilayotgandi: 27-iyul kuni u 55 yoşga tölgandi, mehmonlardan biri olgan videoda restoran sahnasida «Aleksandr 55 yoşda» yozuvi örnatilganini köriş mumkin.

Balzi Rossi’dagi ziyofat harbiy-kosmik kuçlar boşliği şarafiga uyuştirilgani haqida hukumat ta’siridagi telegram-kanallar ham yozgan. «Meduza» uşbu hujum nişoni bölgan va suiqasddan omon qolgan general haqida hikoya qildi.

Aleksandr Çayko Rossiyaning Ukraina bilan keng kölamli uruşi davrida suiqasd uyuştirilgan (agar hujum nişoni çindan ham u bölsa) eng yuqori martabali generallardan biri böldi. Çayko Havo-kosmik kuçlariga 2026-yil mayida boşliq etib tayinlangandi, ammo ungaça ham RF uçun eng muhim va siyosiy ahamiyatga ega bölgan yönalişlarda rahbarlik lavozimlarini egallagan: xususan, Suriyadagi harbiy amaliyotni boşqargan, 2022-yil fevral-bahor oylarida esa Rossiya qöşinlarining Kiyev oblastiga yurişiga boşçilik qilgan. Uni köplab harbiy jinoyatlarda ayblaşgan, u Buyuk Britaniya va Yevroittifoqning sanksiyalar röyxatiga kiritilgan – şu bilan bir vaqtda Rossiya Qahramoni (2020-yildan) hisoblanadi.

Suriya

Aleksandr Çayko öşa vaqtdagi mudofaa vaziri Sergey Şoygu va Vladimir Putin bilan birga Başar Asadning hisobotini tinglamoqda, 2020-yil yanvar