Markaziy bank xabariga köra, içki valyuta bozorini yanada rivojlantiriş va banklar uçun valyuta operatsiyalarini amalga oşiriş imkoniyatlarini kengaytiriş doirasida  2026-yil 10 avgustdan boşlab valyuta birjasidagi savdolar soat 17:00 ga qadar davom etadi. Hozirda savdolar 15:00 ga qadar amalga oşiriladi.  

Regulyatorning ta’kidlaşiça, savdo sessiyasining uzaytirilişi banklarga kun davomida valyuta likvidligini yanada samarali boşqariş, mijozlarning tölovlarini öz vaqtida amalga oşiriş hamda xorijiy valyutadagi tölovlarning uzluksizligini ta’minlaş imkonini beradi. 

“Valyuta birjasidagi savdolar yakunlari asosida 74 ta xorijiy valyutaning sömga nisbatan rasmiy kurslari har bir bank iş kuni soat 17:30 da Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi”, - deyiladi rasmiy xabarda.  

Ma’lumot uçun, rasmiy valyuta kurslaridan buxgalteriya hisobi, statistika va boşqa hisobotlarni yuritiş, şuningdek, bojxona hamda boşqa majburiy tölovlarni hisoblaşda amaldagi tartibda foydalaniladi. Rasmiy kurslar Markaziy bank veb-saytining “Valyutalar kurslari arxivi” bölimida joylaştirib boriladi. 

Avvalroq tadbirkorlar uçun valyuta operatsiyalarida yengillik joriy etilgani xabar qilingandi. Valyuta operatsiyalarini amalga oşiriş qoidalariga 16-iyulda kiritilgan özgartirişga köra, tadbirkorlik sub’yektlari endilikda içki valyuta bozoridan sotib olingan valyuta mablağlaridan foydalaniş maqsadini qayta sotib oliş amaliyotisiz özgartirişi mumkin.