Prezidentning 15.06.2017 yildagi PQ–3060-son «Majburiy ijro byurosini rivojlantiriş jamğarmasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.

Eslatib ötamiz, Prezidentning 29.05.2017 yildagi PF–5059-son «Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beriş hamda iste'mol qiliş sohasida tölov intizomini yanada mustahkamlaş, şuningdek, ijro işi yuritiş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoni bilan Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti örniga Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi örinlarda – Byuro) taşkil etildi va Byuroni rivojlantiriş jamğarmasi tuzildi.

Byuroni rivojlantiriş jamğarmasi faoliyatining normativ bazasi şakllantirildi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

•  Byuroni rivojlantiriş jamğarmasining tuzilmasi (Boş prokurorga Jamğarma tuzilmasiga özgartiş kiritiş, şu jumladan, Jamğarma mablağlari hisobidan qöşimça ştatlar joriy etiş huquqi berildi);
•  Majburiy ijro byurosini rivojlantiriş jamğarmasi töğrisidagi nizom va uning Kuzatuv kengaşi tarkibi (Boş prokuror örinbosari M.Azimov boşçilik qiladi, lavozimiga köra Oliy sud raisi, Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasining mas'ul xodimlari, moliya va adliya vazirlari, Byuro direktori, Jamğarmaning ijro etuvçi direktori va boşqalar kiradi);
•  Byuro xodimlarini moddiy rağbatlantiriş tartibi töğrisidagi nizom;
•  Byuroni rivojlantiriş jamğarmasi Direktsiyasi xodimlarining yagona tarif setkasi böyiça mehnatga haq tölaş razryadlari.

Byuroni rivojlantiriş jamğarmasining daromadlar va xarajatlar moddalari belgilandi.
 
Jamğarma mablağlari şakllantiriladigan manbalar qatoriga qöşimça ravişda Jamğarmaning vaqtinça böş mablağlaridan olinadigan daromadlari ham kiritildi. Ilgari Jamğarmaning mablağlari quyidagi manbalar hisobidan şakllanişi belgilangan edi:

•  respublika iste'molçilariga energiya resurslari va tabiiy gaz sotişdan tuşgan mablağlarning 10%i;
•  vakolatli organlar tomonidan olib qöyilgan va davlat daromadiga ötkazilgan mol-mulklarni sotişdan, şuningdek, qarzdorning mol-mulkini sotiş hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan taşqari) undirişdan tuşgan mablağlarning 8%i;