Özbekiston boş konsulxonasi Yekaterinburgda oçiladi.

RF hukumati farmoyişida Rossiya TIVning bu boradagi taklifi qabul qilingani, Ural federal okrugida Özbekiston Respublikasi konsulxonasi bölişi ma'lum qilingan.

Konsullik Sverdlovsk, Tyumensk, Kurgansk, Çelyabinsk viloyatlari, şuningdek, Xanti-Mansiysk va Yamal-Nenetskiy avtonom okruglarini qamrab oladi.

Bu hududlarga şu vaqtgaça Özbekistonning Novosibirskdagi boş konsulxonasi mas'ul hisoblanar edi.

Bugungi kunda faqat Moskva va Novosibirsk şaharlarida Özbekiston fuqarolariga konsullik bölimlari xizmat körsatmoqda. Bu ikki muassasa Rossiya Federatsiyasining 8 federal okrugidan 7tasida faoliyat olib boradi (taxminan Rossiyaning 80 hududi).

Eslatib ötamiz, şu yil aprel oyida Özbekiston Taşqi işlar vaziri birinçi örinbosari Javlon Vahobov Rossiyada yana 5ta konsulxona oçilişi haqida ma'lum qilgandi. Özbekiston konsulxonalari Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov va Vladivostokda ham oçilişi rejalaştirilgan.