28 iyun kuni Jalopnik naşri noma'lum manba tomonidan yuborilgan Alphabet xoldingining Waymo nomli şö'ba korxonasining özi boşqariluvçi yuk maşinasi suratlarini çop etdi. Jurnalistlarning ma'lumotlariga köra, Waymo avtonom tizim bilan jihozlangan Peterbilt 579 modelidan foydalangan. Sensorning katta qismi kabina tomida, bitta radar esa old bamperga örnatilgan.
Jalopnik’ning ta'kidlaşiça, maşinada yon tomonlarida joylaşgan yana boşqa datçiklar ham bölişi mumkin, biroq suratlarda ular körinmagan. Tizim Waymo‘ning boşqa Chrysler Pacifica avtomobillari uçun qöllangan avtonom işlanmasini eslatadi.

2017 yilning 2 iyunida Waymo uzoq masofalarga yukni haydovçi iştirokisiz taşiy oladigan özining haydovçisiz yuk maşinalari ustida iş boşlaganini ma'lum qilgandi. Keyinroq kompaniya vakillari transport vositalaridan biri yöllarda sinovdan ötayotgani, biroq uni hozirça odam boşqarayotganini tasdiqlaşgandi.
Avvalroq Uber özining birinçi yuk maşinasini körsatgandi. Transport Uber Freight yangi yuk taşiş servisi uçun işlatiladi. Yuk maşinasini yaratiş bilan Google‘ning sobiq xodimi Entoni Levandovski taşkil etgan Otto nomli şö'ba korxona şuğullangan.
2017 yilning fevral oyida Waymo Uber ustidan sudga murojaat qilgan. Waymo’ning ta'kidlaşiça, Levandovski ketişidan oldin keyinçalik servis uçun avtonom tizimlarni yaratişda işlatilgan maxfiy ma'lumotlarni öğirlab ketgan. Keyinroq Levandovski Uber‘dan ham böşatib yuborilgan.
Waymo 2016 yil dekabrda Google’ning avtomobil bölimining mustaqil kompaniyaga aylantirilişi natijasida paydo bölgan.












