Milliarderlar - bizga öxşagan odamlar...deyarli.

Katta miqdordagi mablağga ega kişilar öz qiziqişlariga pul ayaşmaydi - u hoh yaxta, hoh zamonaviy maşina yoki avangard san'at kolleksiyasi bölsin. InsiderPro eng badavlat kişilarning noyob "öyinçoqlar"i haqidagi maqolasi bilan bölişdi.

Stiv Koenning 4 metrli akulasi

Xej-fond boşqaruvçisi Stiv Koenning san'at asarlari kolleksiyasi milliard dollarga baholanadi. 2004 yilda u formaldegidda konservalangan yölbars-akula uçun 8-12 million dollar sarfladi - u "Yaşovçining ongida ölimning jismonan imkonsizligi" deb ataladi. Uning muallifi Demen Xerst - ingliz rassomi va işbilarmoni. Biroq 2006 yilda akula (haqiqiy) çirib tuşa boşlagan, Koen akulani almaştiriş uçun Xerstga pul tölagan.

Ilon Maskning suv osti kemasi

2013 yilda Tesla rahbari Ilon Mask kimoşdi savdosida Lotus Esprit maşinasi körinişida işlangan suv osti kemasini xarid qildi. Undan Jyeyms Bond haqidagi 1977 yilda işlangan "Meni sevgan josus" filmida foydalanilgan. Bu "öyinçoq" işbilarmonga 866 ming dollarga tuşgan. Keyinçalik Mask uni "haqiqiy suv osti kemasi"ga aylantirmoqçi ekanini aytgan.

Mixail Proxorovning virtual çanği maşinasi

Rossiyalik milliarder Mixail Proxorov turli "öyinçoqlar"ga boy (200 million dollarga xarid qilingan basketbol jamoasi şular jumlasidandir). Ularning orasida noyob virtual çanği maşinasi ham bor. Proxorov özining ğaroyib qiziqişlari bilan maşhur. Bir kuni Proxorov prodyuserlik kompaniyasiga uning suv mototsiklidagi tryuklarini montaj qilib, şunga mos musiqa qöyiş va film körinişida işlaşga buyurtma bergan.

Pol Allenning yaxtalari

Microsoft hammuassisi Pol Allenning Octopus nomli 126 metrli yaxtasi - dunyodagi eng yirik yaxtalardan biri. U ikki vertolyot, suv osti qayiği va ziyofatlar ötkazişga möljallangan köplab maydonlarga ega. Milliarderning yana bir Tatoosh nomli yaxtasi bölib, uning parametrlari biroz kiçikroqdir.