2017 yilning 21 iyun kuni, Şayxontohur tumanida Jalilov Ibrohim fuqaro I.ning xonadoniga kalit tanlaş yöli bilan ğayriqonuniy ravişda kirib, xonadon yotoqxonasidan jami 4 ming AQŞ dollari va 800 ming söm miqdorda pul mablağlarini talon-toroj qilib hodisa joyidan yaşiringan. Bu haqda Toşkent IIBBda bölib ötgan matbuoti anjumanida ma'lum qilindi.

Toşkent şahar IIBB tomonidan olib borilgan tergov-tezkor harakatlar davomida fuqaro Jalilov daliliy aşyolar bilan qölga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Şayxontohur tumani IIB tomonidan JKining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (öğirlik, ya'ni özganing mol-mulkini yaşirin ravişda uy-joyga ğayriqonuniy ravişda kiriş) alomatlari bilan jinoyat işlari qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

2017 yilning 1 iyun kuni, noma'lum şaxs fuqaro S.ning Mirzo Uluğbek tumani hududida joylaşgan xonadoniga kalit tanlaş yöli bilan ğayriqonuniy ravişda kirgan. U xonadon yotoqxonasidan bahosi 1 mln 500 ming sömlik “HP” rusumli noutbukini, bahosi 1 mln 500 ming sömlik “SAMSUNG” planşetini, 100 AQŞ dollari va 50 ming söm miqdoridagi pul mablağlarini talon-toroj qilib hodisa joyidan yaşiringan. Mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani IIB noma'lum öğriga nisbatan JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan edi.
Toşkent şahar Içki işlar Boş boşqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida 2017 yilning 24 iyun kuni mazkur jinoyatni Hojyeva Dilnoza sodir etganligi aniqlanib, qölga olingan.

Şu munosabat bilan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi yuqoridagi şaxslardan jabrlanganlar bölsa, “102” telefon raqamiga qönğiroq qiliş yoki yaqin oradagi içki işlar idoralariga murojaat qilişlarini sörab qoladi.












