2017 yil 22-29 iyun kunlari Toşkent viloyati hududida 50ta jinoyat sodir etilgan. Şundan 2ta qasddan odam öldiriş, 3ta qasddan badanga oğir şikast yetkaziş, 1ta avtotransport vositasini olib qoçiş, 9ta öğirlik, 3ta firibgarlik, 9ta giyohvandlik, 5ta iqtisodiy va 18ta boşqa turdagi jinoyatlarni taşkil qiladi.
Bu haqda Toşkent viloyati IIB Tergov boşqarmasi boşliği örinbosari, podpolkovnik Mamasoliyev Jahongir ma'lum qildi. 

Uning sözlariga köra, sodir etilgan jinoyatlarning 46tasi "issiq izidan" foş etilgan. Foş etilmagan 4ta öğirlik jinoyatlari böyiça aybdorlarni qidirib topiş va ularni qonun doirasida javobgarlikka tortiş borasida barça tergov va tezkor çoralar körilmoqda.

Hafta davomida qidiruvda yurgan  23 nafar şaxslar uşlandi. Ilgari sodir etilib, oçilmagan 6ta jinoyat foş etildi. Şundan, 1 ta avtotransport vositasini olib qoçiş, 5ta öğirlik jinoyatlaridir.