Xitoyning Yunnan viloyatidagi Juyli şahri bozorida sotuvçi bir ayolga u sindirib qöygan bilakuzuk narxini aytgandan keyin u huşidan ketib qoldi. Ayol nefritdan tayyorlangan bilakuzukni taqib körmoqçi bölib, uni qölidan tuşirib yuborgan va unga şikast yetkazgan. Ma'lum bölişiça, bilakuzuk qimmatbaho bölib, 300 ming yuan – 40 ming dollardan qimmatroq turgan.    

Ayolni huşiga keltirişgaç, u sotuvçi bilan kelişişga urinib, yetkazgan zarari uçun unga 70 ming yuan bermoqçi bölgan. Biroq sotuvçi ayoldan bilakuzukning töliq narxini tölab berişini talab qilgan. Keyinroq taqinçoq mustaqil ekspert tomonidan 180 ming yuanga baholangan. Endi ayol sotuvçiga şunça pulni tölab berişi lozim.