Nikoh tuzilganligini rasmiylaştiriş uçun FHDYoga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
• nikoh tuziş istagida bölganlarning belgilangan namuna böyiça arizasi nikoh rasmiylaştirilişidan kamida bir oy muddat oldin taqdim etiladi;
• şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar: pasport, şaxsni tasdiqlovçi guvohnoma yoki harbiy xizmatçining harbiy bileti.
Muqaddam nikohda bölgan şaxslar avvalgi nikoh bekor qilinganligi haqidagi hujjatlarni ham taqdim etişlari darkor.
Nikohni rasmiylaştiriş uçun belgilangan tartibda davlat boji undiriladi – EKIHning 20%i.
Nikoh tuzilganligini röyxatdan ötkaziş haqidagi arizani olişda FHDYo organlari nikoh tuzayotgan şaxslarga tibbiy tekşiruvdan ötiş uçun yöllanmalar beriladi.
Tibbiy tekşiruvdan ötiş tartibi Nikohlanuvçi şaxslarni tibbiy körikdan ötkaziş töğrisidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Tibbiy tekşiruv şifokorlar – psixiatrlar, narkologlar, dermato-venerologlar, ftiziatrlar (dispanserlar va tuman kabinetlarida) yaşaş joyi böyiça bepul ravişda şaxslarning tibbiy muassasaga murojaat etgan kundan e'tiboran 2 haftadan köp bölmagan muddatda ötkaziladi.
Mavzuga oid
Nikoh qurayotgan 50 yoşdan katta şaxslarning tibbiy tekşiruvlardan ötişi majburiy emas, ularning roziligi bilan ötkaziladi.
Nikohlanayotgan şaxslar ruhiy, narkologik, teri-tanosil kasalliklari, sil va OITV/OITS böyiça tibbiy körikdan ötişadi.
Ruhiy xastaliklar böyiça tekşiruvlar (şizofreniya, epilepsiya, oligofreniya) yaşaş joyi böyiça poliklinikaning psixiatr şifokori tomonidan ötkaziladi.
Tuman psixiatr şifokori bölmagan taqdirda ruhiy tekşiruv tumanlararo yoki viloyat psixonevrologik dispanseri psixiatr şifokorlari tomonidan ötkaziladi.
Viloyat markazlari va Toşkent şahri aholisi hududiy viloyat yoki şahar psixonevrologik dispanserida tekşiruvdan ötadi.
Toşkent şahridagi 1-son şahar psixonevrologiya dispanseri Yakkasaroy, Çilonzor, Uçtepa, Olmazor, Şayxontohur tumanlariga xizmat körsatadi. Yakkasaroy tumani Muqimiy köçasi, 94-uy manzilida joylaşgan.
Şaxsning psixonevrologik hisobga olinmaganligi töğrisidagi ma'lumotnoma erkaklar uçun – pasport va harbiy bilet yoki harbiy röyxatga oliş guvohnomasi (45 yoşgaça), ayollar uçun – pasport bölgan taqdirda beriladi.
Narkologik tekşiruv yaşaş joyi böyiça narkolog şifokor tomonidan ötkaziladi (narkologiya dispanserida yoki tuman narkologiya kabinetida).
Toşkent şahar narkologiya dispanseri Çilonzor tumani, Arnasoy köçasi, 32-uy (sobiq 7-tuğruqxona) manzilida joylaşgan. Pasport va yaşaş joyi böyiça poliklinika yöllanmasini özi bilan oliş kerak.
Zaxm kasalligiga tekşiruv teri-tanosil dispanserida yoki yaşaş joyi böyiça poliklinikada dermato-venerolog şifokor tomonidan ötkaziladi. U şaxsni umumqabul qilingan uslubiyat böyiça tekşiradi.
Teri-tanosil dispanserlari Toşkent şahrida tumanlararo tamoyil böyiça faoliyat yuritadi.
Çilonzor va Uçtepa tumanlarining teri-tanosil dispanseri Çilonzor tumani, Lutfiy köçasi, 33/1 uy manzilida joylaşgan.
Olmazor va Şayxontohur tumanlarining teri-tanosil dispanseri. Manzil: Olmazor tumani, Usta Şirin 1-berk köçasi, 5-uy.
Yunusobod va Mirzo Uluğbek teri-tanosil dispanseri. Manzil: Yunusobod tumani, 17-daha, 22-A uy.
Bektemir, Mirobod va Yaşnobod tumanlari teri-tanosil dispanseri. Manzil: Yaşnobod tumani, Zohidov köçasi, 8 uy.
Toşkent viloyat teri-tanosil dispanseri. Manzil: Çilonzor tumani, Qatortol köçasi, 2-A uy.
Sil tekşiruvini yaşaş joyi böyiça poliklinika terapevti ötkazadi. Terapevt kökrak qafasi flyurografiya körigiga yöllanma beradi. Kökrak qafasi flyurografiyasida patologik özgarişlar va kasallikning klinik özgarişlari bölmagan taqdirda hududiy poliklinika tekşirilgan şaxslarda sil kasalligi aniqlanmaganligi haqida ma'lumotnoma beradi.
Tekşirilayotgan şaxslarda sil xastaligi va flyurogrammalarda özgarişlar borligiga şubha uyğonsa, ular yaşaş joyi böyiça silga qarşi dispanserga yönaltirilişi darkor.
OITS/OITV tekşiruvidan ötiş uçun yaşaş joyi böyiça anonim kabinetga yoki OITS markazlariga murojaat etiş kerak.
Tekşiruv yaşaş joyi böyiça poliklinika yöllanmasi asosida tuman tibbiyot birlaşmalarida ötkaziladi.
Şuningdek, mavjud muammolar böyiça OITS markazlariga murojaat etiş mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi