Rossiyalik yakkakuraş jangçisi Fyodor Yemelyanenko Bellator 180 musobaqasida amerikalik Mett Mitrionga qarşi ötkazgan jangidan keyin Nyu-York sport komissiyasi tomondan tibbiy körsatkiçlarga asosan uç oyga musobaqalardan çetlatildi, deb xabar bermoqda "R-Sport" naşri.

Allboxing ma'lumotlariga köra, Mitrionga texnik nokaut bilan yutqazgan rossiyalik 90 kundan keyin takroran tibbiy körikdan ötişi kerak. Mitrion ham 30 kunga çetlatildi. Bundan taşqari, yengil vazn toifasidagi sobiq çempion Maykl Çendler ham takroriy körikkaça 30 kunga çetlatildi. U ötkazgan jang uning oyoği singaniga şubha bilan töxtatilgandi, biroq keyinroq jarohat unça xavfli emasligi aniqlangan.    

Musobaqada iştirok etgan qolgan jangçilar ham 30 kunga çetlatilganlar.

Mitrion 24 iyunda Nyu-Yorkda ötgan musobaqada Yemelyanenkoni jangning 2-daqiqasidayoq nokautga uçratgan. Keyinroq Yemelyanenko faoliyatini davom ettirişini aytgan. Bu jang u uçun sportga qaytgandan keyin uçinçisi böldi. 2015 yilda rossiyalik uç yillik tanaffusdan keyin faoliyatini davom ettirişini e'lon qilgandi. "Sönggi imperator" aralaş yakkakuraş böyiça 41 ta jang ötkazib, 36 tasida zafar quçgan, 5 tasida mağlubiyatga uçragan.