
28 iyun kuni dunyoning eng ekssentrik milliarderlaridan biri Ilon Mask 46 yoşga töldi. Beş öğilning otasi Marsni zabt etiş va insoniyatni elektromobillarga ötkaziş niyatida. Harvard Business Review naşri Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari bir kunini qanday ötkazişi haqidagi ma'lumot bilan bölişdi.
Kofeinsiz tong. Ilon Mask odatda ertalabki soat 07:00 da uyğonadi. Kunning aksariyat qismida u iş bilan band böladi va iqror bölişiça, bu u uçun har doim ham oson keçmagan. Işbilarmon tetiklikni saqlaş uçun uzoq vaqt qahva va kola kabi kofeinli içimliklarni iste'mol qilgan, biroq keyin kofein soğliqqa salbiy ta'sir körsatadi, degan xulosaga kelgan. Bir neça yil avval u zöriqiş natijasida periferik köriş qobiliyatini yöqotişiga oz qolgan. Hozir esa Mask faqat kofeinsiz parhezli kola içadi va köproq uxlaşga harakat qiladi.

Vaqt taqsimoti. Mask kuniga örtaça 12 soatdan işlaydi va hozir bu vaqtni beş kompaniya - Tesla, SpaceX, Neuralink (boş miya impulslarini hisoblovçi texnologiyalarni işlab çiqariş bilan şuğullanadi), Open AI (sun'iy intellektga ixtisoslaşgan) va Boring Company (burğulaş va Los-Anjyelesda tunnellar qurilişi) boşqaruvi uçun taqsimlaydi. Oxirgi uç kompaniyaga milliarder öz vaqtining köpi bilan 5 foizini ajratadi. Sönggi paytlarda Mask öz tvitterida Boring company haqida köp yozmoqda. Biroq uning sözlariga köra, aslida bu u uçun köproq köngiloçar maşğulot. Maskning 95 foiz iş vaqti Tesla va SpaceX boşqaruviga ketadi. Iyun oyining boşida Mask hazillaşibmi yo jiddiy, hozirda Tesla uning köp vaqtini olayotgani, zero u "muammolarni jalb qiluvçi magnit" ekanini aytdi.
Tesla va SpaceX örtasida. Smartfondagi elektron poçta - ikki kompaniya boşqaruviga vaqt taqsimlaşda yordam beruvçi ajoyib servis, deb hisoblaydi Mask va qayerda bölmasin, hamma joyda (vanna, maşina yoki sayr) elektron poçta bilan işlay olişiga işontiradi. Şuningdek milliarder intervyularining birida Tesla va SpaceX kompaniyalaridagi vaqtini kunlarga taqsimlab çiqqanini aytgandi. Duşanba va seşanba - SpaceX'da, seşanba keçqurun - Los-Anjyelesdan Tesla'ning Palo-Altodagi idorasiga parvoz, çorşanba va payşanba - Tesla'da, juma - Los-Anjyelesga qaytiş, bu yerda Mask zarurat tuğilganda uikend tugagunga qadar Tesla va SpaceX'ga vaqt ajratadi.













