Pokiston şimolida joylaşgan Galyot viloyatida osma yöl kabinasi tuşib ketişi oqibatida kamida 12 kişi halok böldi, yana 2 nafar kişi jarohat oldi. Bu haqda 29 iyunda qutqaruvçilarga iqtibos keltirgan holda Geo TV telekanali ma'lum qildi.

Ta'kidlanişiça, qurbonlar orasida 4 kişi bir oiladan bölgan. Guvohlarning aytişiça, falokatga kuçli şamol sabab bölgan.

Halok bölganlarning jasadi qarindoşlariga topşirilgan, deb xabar berdi telekanal.

Ma'lum bölişiça, osma yölni mahalliy axolining özi tegişli idoralar bilan maslahatlaşmagan holda örnatgan. Undan bir qişloqdan ikkinçisiga ötiş uçun foydalanilgan.