Özbekiston hukumati Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasini taşkil etadi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning 23 iyundagi «Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan oziq-ovqat mahsulotlari turlari bilan kafolatli ta'minlaşning keçiktirib bölmaydigan çoralari töğrisida»gi qarorida söz boradi.
«Tadbirkorlik sub'yektlarining sanoat, oziq-ovqat va qişloq xöjalik mahsulotlarini işlab çiqariş sohasidagi loyihalarini, şuningdek ijtimoiy yönalişdagi davlat dasturlarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş orqali ularning tijorat banklari kreditlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va kreditlaş şartlarini yengillaştiriş çoralarini köriş vazifasi topşirildi. Ayni maqsadlar uçun manfaatdor vazirlik va idoralarning Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi», deyilgan qarorda.












