Avval xabar berilganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Respublikada kadrlarni tayyorlaş, ularning yetuk mutaxassis bölib yetişişiga katta ahamiyat berilmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalarni öz muddatida töliq hajmda ijrosini ta'minlaş maqsadida, şuningdek, Surxondaryo vohasida işlab çiqariş, mavjud texnika va texnologiyalardan foydalaniş, xizmat körsatişning asosiy tarmoqlarini rivojlantiriş, muhandislik ta'limi rivojining jahon tajribasini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlaş tizimini taşkil etişni yanada takomillaştiriş va sifatini yaxşilaş, talab qilingan xizmat körsatiş sohasi yönalişlarini rivojlantirişni rağbatlantiriş maqsadida qabul qilindi.
Bugungi kunga qadar Surxondaryo viloyatida yagona Termiz davlat universiteti faoliyat olib borgan bölib, har yili abituriyentlardan eng köp hujjat topşiriş uşbu oliy ta'lim muassasasiga töğri kelar edi. Bu yildan boşlab Surxondaryo viloyatida Termiz davlat universiteti bilan birgalikda yana ikkita oliy ta'lim muassasasining filiali talabalarni qabul qiladi. Ulardan biri Toşkent davlat texnika universiteti Termiz filialidir.
Qabul qilingan qarorga köra, quyidagilar Toşkent davlat texnika universiteti Termiz filialining eng muhim vazifalari etib belgilangan:
transport tizimlari va yöllari hamda ularning ekspluatatsiyasi, kimyoviy texnologiya, bino va inşootlar qurilişi va materiallari, oziq-ovqat texnologiyasi, texnologik maşina va jihozlar, yengil sanoat texnologiyasi, ekologiya va sanoat xavfsizligi sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlaşni ta'minlaş;
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirişning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etişga, ilğor xorijiy texnologiyalarni sinab köriş va joriy etişga yönaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib boriş va işlanmalarni amalga oşiriş;
xorijiy mamlakatlar ta'lim muassasalarining tajribasini va mamlakat iqtisodiyoti talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegişli muhandislik-texnik va işlab çiqariş yönalişlari hamda mutaxassisliklar böyiça ilmiy-uslubiy adabiyotlarni işlab çiqiş;











