2017 yilning 25 iyun kuni taxminan soat 21:00larda Nargiza Turdibayeva özganing mol-mulkini oçiqdan-oçiq ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Mirzo Uluğbek tumani xududida fuqaro Dilafröz Mirzaaxmedovaning (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) qölidan «Iphone 4S» rusumli uyali telefonini tortib olib, hodisa joyidan yaşiringan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Mirzo Uluğbek tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 1-qismi (talonçilik, ya'ni özganing mulkini oçiqdan-oçiq talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.
Yuqoridagi şaxsning xatti-harakatidan jabr körganlar bölsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi içki işlar organlariga murojaat etişi mumkin.











